Alisher Usmonov sportdagi eski lavozimiga qaytishi mumkin
Sport
−
29 Oktabr
6171Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovni tashkilotning prezidenti lavozimiga nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda tashkilotning rasmiy veb-saytida xabar berildi.
Qayd etilishicha, Usmonov nomzodini yuzdan ortiq mamlakat qilichbozlik federatsiyalari qo‘llab-quvvatlagan. Usmonovdan tashqari FIE rahbarligiga shvetsiyalik Otto Drakenberg ham da’vogarlik qilmoqda. Yangilangan rahbar saylanadigan FIE kongressi 30 noyabrda Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
Alisher Usmonov 2008 yildan 2022 yil martigacha Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti va homiysi bo‘lgan va xalqaro sanksiyalarga uchragach, o‘z lavozimini tark etishga majbur bo‘lgan. Emmanuel Katsiadakis hozirda vaqtinchalik FIE rahbari lavozimida ishlamoqda.
Ma’lumot uchun, Usmonov sport masteri darajasiga ega bo‘lib, 1970 yillarda qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston SSR yoshlar terma jamoasi va keyinchalik SSSR milliy terma jamoasi a’zosi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida Germaniyaning ARD telekanali jurnalisti Yoaxim Zeppelt Parij Olimpiadasidagi qilichbozlik haqida reportaj e’lon qilib, unda Alisher Usmonovni hakamlarni sotib olishda ayblagandi. Oktyabr oyida esa Gamburg sudi Usmonovning Zeppeltga qarshi ishida “gumonlarga asoslangan nomaqbul xabarlarni” tarqatishni taqiqlovchi sud qarorini chiqargan. Shunga qaramay, Usmonov 8 oktyabr kuni Zeppeltga qarshi Kyolnda prokuraturaga jinoiy ish qo‘zg‘atishni so‘rab, ariza bergan. Keyinchalik esa telekanal ushbu materialning haqiqatga zid ekanini tan olgandi.
LiveBarchasi