Alisher Usmonov saxovatpeshalar reytingida birinchi o‘rinni egalladi 

Olam

image
0:00
0:00
download

USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov “The Sunday Times” nashri versiyasiga ko‘ra, COVID-19 ga qarshi kurashga xayriya mablag‘lari bo‘yicha ingliz saxovatpeshalari reytingida birinchi o‘rinni egalladi. 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilda Usmonov Rossiya, O‘zbekiston va Italiyada COVID-19 ga qarshi kurash uchun 134,2 million funt (190,6 million dollar) ajratgan. 

Nashrning ta’kidlashicha, uning saxovatidan Rossiya va O‘zbekiston ko‘proq foyda ko‘rgan, ammo boshqa mamlakatlardagi loyihalar ham qo‘llab-quvvatlangan. 

Qayd etilishicha, Usmonovning shaxsan o‘zi va uning kompaniyalari o‘tgan yili dunyoning turli mamlakatlarida 500 million funt sterling (710 million dollar) miqdorida xayriya yordami ko‘rsatgan. So‘nggi 20 yil ichida tadbirkor xayriya ishlariga 4,2 milliard funt (deyarli 6 milliard dollar) sarflagan. “The Sunday Times” gazetasi Usmonovni ushbu davrdagi eng saxovatli metsenat deb atagan. 

Avvalroq, Alisher Usmonov Buyuk Britaniyaning eng boy odamlari reytingida 6-o‘rinni egallagani haqida xabar bergandik. Usmonovning boyligi 13,4 mlrd funtga baholangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov

Baholaganlar

417

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing