Alisher Usmonov Prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Alisher Usmonov kecha, 6 dekabr kuni egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Shu kunning o‘zida u Namangan viloyati sudi raisi etib tayinlandi.

Ma’lumot uchun, Alisher Usmonov 1964 yilda tug‘ilgan bo‘lib, Kosonsoy tuman sudining raisi, Mingbuloq tumani prokurori va Namangan viloyatidagi xalq qabulxonasi mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2016 yil oxirida prezident devonida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati tashkil etilgandi. 2017 yilning mayida u fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha xizmat etib qayta shakllantirildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov

Baholaganlar

311

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing