Alisher Usmonov XOQ prezidenti tomonidan mukofotlandi

Olam

image

Shveysariyaning Lozanna shahrida Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining Kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning 150 dan ortiq mamlakati vakillaridan 300 delegat ishtirok etdi. Kongressda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax ham qatnashib, XOQ prezidenti qilichbozlikning barcha 12 yo‘nalishini ham Olimpiya o‘yinlari dasturiga kirishida ulkan hissa qo‘shgan taniqli o‘zbek milliarderi Alisher Usmonovni XOQning maxsus sovg‘asi bilan taqdirladi.

Mazkur tadbirda MOQ prezidenti, Markaziy Osiyo va O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi Rustam Shoabdurahmonov va O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh kotibi Gulnora Saidova ham ishtirok etdi.

Kongress doirasida yil yakunlari bo‘yicha ham qator nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tkazildi. Unga ko‘ra, quyidagi yo‘nalishda sovrinlar topshirildi:

“Fair Play Trophy”: Sablya bo‘yicha Vengriya terma jamoasi vakillari Tamash Dechi, Chanad Gemesi, Andrash Satmari, Aron Ssilagi va fransiyalik Bolade Apitiga.

Kattalar va yoshlar o‘rtasida reyting g‘oliblari:

Shpaga. Kattalar o‘rtasida jamoaviy: Rossiya (ayollar va erkaklar). Yakkalik: Man Vay Vivian Kong (Gongkong) va Kazuyasu Minobe (Yaponiya).

Yoshlar o‘rtasida: Rossiya (ayollar) va Vengriya (erkaklar). Yakkalik: Federika Izola va Davide Di Veroli (ikkalasi ham Italiya).

Rapira. Kattalar o‘rtasida jamoaviy: Rossiya (ayollar) va AQSH (erkaklar). Yakkalik: Inna Deriglazova (Rossiya) va Alessio Fokoni (Italiya).

Yoshlar o‘rtasida: Italiya (ayollar) va Rossiya (erkaklar). Yakkalik: Martina Favaretto (Italiya) va Mohammed Hamza (Misr).

Sablya. Kattalar o‘rtasida jamoaviy: Fransiya (ayollar) va Koreya Respublikasi (erkaklar). Yakkalik: Olga Xarlan (Ukraina) va Sangxuk Ox (Koreya Respublikasi).

Yoshlar o‘rtasida: Germaniya (ayollar) va Italiya (erkaklar). Yakkalik: Yoana Iliyeva (Bolgariya) va Lorenso Roma (Italiya).

Millatlar Gran-prisi: Rossiya va Italiya.

Shuningdek, mazkur Kongress davomida Kabo-Verde, Keniya, Oman va Papua-Yangi Gvineya kabi mamlakatlar Xalqaro qilichbozlik federatsiyasiga a’zo bo‘ldi. Shu tariqa xalqaro tashkilotga a’zo mamlakatlar soni 157 taga yetdi.

Kongressda xalqaro federatsiyaning ortda qolgan vaqt mobaynida olib borgan ishlari, joriy yil bo‘yicha moliyaviy hisobiti va kelasi yil uchun ajratilgan byudjeti to‘g‘risida hisobot tinglandi. Shuningdek, 2021 yil kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonligi uchun o‘tkazilgan ovoz berishda Misr mamlakati nomzodi ma’qullandi. Qolaversa, 2020-2024 yillar oralig‘idagi xalqaro musobaqalarda jahon va Olimpiada chempionlarining bahslarda ajralib turishi uchun ularning sport kiyimiga ism-familiyasini qizil va oltin ranglarda yozdirib qo‘yish bo‘yicha qaror qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov XOQ Tomas Bax

Baholaganlar

20

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing