Alisher Shodmonov nega shifoxonaga yotqizildi?

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edik.

Vazirning shifoxonaga yotqizilishi koronavirus bilan bog‘liq emas. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Bu reja bo‘yicha gospitalizatsiya qilish, bu yerda koronavirus haqida umuman gap ketgani yo‘q. Yarim soat oldin u bilan gaplashdim, ahvoli yaxshi. O‘ylashimcha, yana 3-4 kundan keyin u safga qaytishi kerak”, dedi Oqilov.

Ma’lumot uchun, Alisher Shodmonov Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida statsionar sharoitda muolaja olyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Shodmonov

Baholaganlar

819

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing