Alisher Sa’dullayev yangi lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
10 iyul 2020
16758O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bugun, 10 iyul kuni imzolagan qarori bilan Alisher Sa’dullayev O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan, Alisher Sa’dullayev Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Eslatib o‘tamiz, Agentlik Prezidentning 2020 yil 30 iyundagi Farmoni bilan tashkil etilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Alisher Sa’dullayev 1994 yil Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 2017 yilda Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti tamomlagan.
2017 yil - "RESULT" o‘quv markazi rahbari
2017 - 2018 yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari;
2018 - 2019 yillarda - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
2019 yildan – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi lavozimlarida ishlab kelayotgan edi.
LiveBarchasi