Aliment to‘lashdan bosh tortgan erkak “lezva” bilan bo‘ynini kesib tashladi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida fuqaro Majburiy ijro byurosida o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Keltirilishicha, voqea joriy yilning 24 mart kuni soat 12:30 larda sodir bo‘lgan. Tumanning Cho‘mich mahallasi Majnuntol ko‘chasida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro Majburiy ijro byurosi binosiga kelib, piska (“lezva”) bo‘lagi bilan o‘zining bo‘yin qismini kesib, o‘ziga-o‘zi tan jarohati yetkazgan. Oqibatda olgan tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

MIBning tuman davlat ijrochisi J.Mo‘minovga ko‘ra, qarzdor fuqaro U.R.ga nisbatan aliment undirish to‘g‘risida ijro hujjati mavjud bo‘lgan. Uning aliment to‘lovlari 18 million so‘mdan oshiqroq bo‘lgan. Qarzdor fuqaro MIB xizmat xonasiga chaqirilib, undan qarzdorligini to‘lashi talab qilinganida u norozilik bildirib, to‘lamasligini aytgan. Shundan so‘ng u o‘zi bilan olib kelgan piska bilan bo‘yin qismiga jarohat yetkazgan va xonadan chiqib, koridorga yotib olgan.

Hodisa joyi tuman prokuraturasi mas’ullari va tuman IIB xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirilib, u yerdan taxminan 1 dona piska bo‘lagi, 7 dona qon dog‘lari bo‘lgan kalitlar jamlanmasi topilgan. Holat bo‘yicha tegishli tartibda sudga oid biologik hamda sud-tibbiy ekspertizalari tayinlangan.

“Mazkur holat yuzasidan davlat ijrochisi J.Mo‘minovning harakatlari bo‘yicha MIB viloyat boshqarmasiga xizmat tekshiruvi tayinlangan. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi prokuratura bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo Aliment

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing