Milliarder Jek Ma biznesini boshlash ostonasida turganlarga qanday maslahat beradi?
Foydali
−
11 iyun 2019 7706 2 daqiqa
"AlibabaGroup" asoschisi, milliarder Jek Ma Xitoyning eng boy odami va dunyodagi eng badavlat kishilar ro‘yxatining 18-o‘rnini band etadi. Uning boyligi 35,8 milliard dollar deb baholangan. U o‘zining mashaqqatli va qiziqarli hayotidan kelib chiqib, o‘z biznesini boshlash arafasida turganlarga quyidagi tavsiyalarni beradi:
• 20 yoshgacha talaba bo‘ling. Tadbirkorlikka qiziqsangiz, uni o‘rganing.
• 30 yoshgacha kimga havas qilsangiz, o‘sha insonni kuzating. Kichik korxonada ishlang. Katta kompaniyalar ham yaxshi amaliyot, u yerda jarayonni o‘rganasiz, katta tizimning bir qismi bo‘lasiz.
• 30 yoshgacha bo‘lgan davringizda kompaniyada qanday nom bilan ishlashingiz emas, qanday rahbarning ishini kuzatganingiz juda muhim. Yaxshi xo‘jayin sizga muhim narsalarni o‘rgatadi.
• Tadbirkor bo‘lishni istasangiz, o‘z biznesingizni rivojlantiring. Buning uchun 30 dan 40 yoshgacha bo‘lgan davr ayni mudao.
• 40 dan 50 yoshgacha a’lo darajada uddalay oladigan ishlarni bajaring, yana qaysidir joyga qochishga harakat qilmang, chunki yangi sohaga kirishishga endi juda kech.
• 50 dan 60 yoshgacha bo‘lgan davr mobaynida yoshlar uchun ishlang. Ular sizdan ko‘ra yaxshiroq ish qilishlari mumkin, shuning uchun ularni o‘rgating, ularga investitsiya qiriting.
• 60 yoshdan keyin, o‘zingizga vaqt sarflang, sizni turli dam olish maskanlari kutmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025