Alangalangan savdo urushi: AQSH Xitoyga nisbatan bojni 145 foizga chiqardi

Olam

image

Bugun, 10 aprel kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Xitoydan keladigan tovarlarga bojlarni 145 foizgacha oshirdi. Bu haqda Oq uydagi manbaga tayanib, CNBS telekanali xabar berdi.

“Oq uy Trampning Xitoy tovarlariga bojlari endi 145 foizni tashkil etishini aytdi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, mart oyi boshida Donald Tramp Xitoy importiga boj to‘lovlarini 10 foizdan 20 foizga oshirdi, chunki “Xitoy noqonuniy narkotik inqirozini yumshatish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘ra olmadi”. O‘tgan hafta oxirida Tramp 180 dan ortiq mamlakat va hududlarga, jumladan, Xitoyga yangi import tariflarini e’lon qildi. 

Pekin Amerika tovarlariga ham xuddi shunday bojlar joriy etishi haqida ogohlantirgan. Bunga javoban Tramp 7 aprel kuni, agar Pekin javob choralarini bekor qilmasa, Xitoyga 9 apreldan boshlab qo‘shimcha 50% import bojlari joriy etilishini aytdi. Ammo shundan so‘ng, AQSH Xitoydan olib kiriladigan mahsulotlarga 104 foizlik import boji joriy etishga qaror qildi. Xitoy ham jim turgani yo‘q. Qo‘shma Shtatlar bilan savdo mojarosida Xitoy hukumati Amerika importiga ilgari kiritilgan 34 foizlik bojlardan tashqari, 50 foizlik yangi javob tariflarini e’lon qildi va umumiy miqdorni 84 foizga yetkazdi. Qasdma-qasdiga qilgani kabi AQSH ham Xitoyga nisbatan boj stavkasini 125 foizgacha ko‘tardi. Endi esa AQSH bojlarni yana oshirib, 145 foizga yetkazgani ma’lum bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing