“Al-Nasr” Ronaldu bilan xayrlashishga tayyorgarlik ko‘rmoqda – OAV

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” futbol klubi jamoaning portugaliyalik hujumchisi, megayulduz Krishtianu Ronaldu bilan xayrlashish niyatida. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, bugun, 29 may kuni klub matbuot anjumani o‘tkazadi va unda tarkib hamda ma’muriyat darajasidagi ko‘plab o‘zgarishlar e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun, “Al-Nasr” Saudiya Arabistoni chempionatining yakuniy jadvalida 70 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Chempion bo‘lgan “Al-Ittihod” bilan farq 13 ochkoni tashkil etdi. Krishtianu Ronaldu esa 25 ta gol bilan musobaqaning eng yaxshi to‘purariga aylandi.

40 yoshli portugaliyalik futbolchi 2023 yildan beri saudiyalik klub sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning shartnomasi shu yozda yakuniga yetadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mavsumning so‘nggi o‘yinidan so‘ng Krishtianu Ronaldu “Al-Nasr”dan ketishiga ishora qilgandi. Shuningdek, futbolchining jurnalist do‘sti Edu Agirre ham Ronaldu klub bilan shartnomani uzaytirmaganini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Krishtianu Ronaldu Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing