Ronaldu “Al-Nasr”ni tark etishga yaqin

Sport

image

Kecha, 26 may kuni Saudiya Arabistonida 2024/25-yilgi mavsum yakunlandi. Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu to‘p suradigan “Al-Nasr” klubi mamlakat chempionatida 3-o‘rinni egalladi.

Mavsumning so‘nggi o‘yinidan so‘ng portugaliyalik futbolchi hozirgi jamoasidan ketishiga ishora qildi.

“Bu bob yakunlandi. Tarix esa hali yozilmoqda. Hammadan minnatdorman”, deb yozdi u.

Futbolchining do‘sti va joriy yil fevral oyida undan intervyu olgan Edu Agirrening ma’lum qilishicha, Ronaldu klub bilan shartnomani uzaytirmagan.

“U shartnomani uzaytirmadi. Imkoniyatlar ochiq”, dedi Agirre.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Al-Nasr” bilan shartnomasi 30 iyunga tuzilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA prezidenti Janni Infantino 40 yoshli Krishtianu Ronalduning 15 iyunda boshlanadigan klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati arafasida jamoasini o‘zgartirishi mumkinligini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Krishtianu Ronaldu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing