“Al-Nasr” Eronga bormoqchi emas
Sport
−
04 Oktabr
5247Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL) doirasida “Istiqlol”ga qarshi o‘yin uchun Eronga uchib ketmoqchi emas. Bu haqda “Marca” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klub Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat tufayli o‘z xavfsizligidan xavotirda. “Istiqlol” - “Al-Nasr” uchrashuvi 22 oktyabr kuni Tehronda bo‘lib o‘tadi.
Ikki turdan keyin “Al-Nasr” 4 ochko bilan OCHL g‘arbiy turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. O‘z navbatida, o‘zbekistonlik futbolchi Jaloliddin Masharipov to‘p tepadigan “Istiqlol” esa uch ochko bilan b5-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida “Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasining bir nechta o‘yinlarida ishtirok etmagandi.
Jumladan, Krishtianu Saudiya chempionlari kubogi doirasida “Al-Xazm”ga qarshi bahsda qatnashmagan.
LiveBarchasi