Alkaras Uimbldondan chiqib ketibdi
Sport
−
20 may 691 1 daqiqa
Dunyo tennisida 2-raqamli raketka hisoblangan ispaniyalik Karlos Alkaras Uimbldon turniridan chiqib ketdi. Bu haqda Alkaras Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Ispaniyalik tennischi avvalroq o‘ng bilakdagi jarohati sabab Madrid “Masters” va Barselonadagi ATP 500 turnirida ishtirok etmagan edi. Keyin u Fransiya ochiq chempionati hamda Rim “Masters” musobaqalarini ham o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi.
“Sog‘ayishim reja bo‘yicha ketmoqda va o‘zimni ancha yaxshi his qilyapman, lekin afsuski, hali musobaqalarga tayyor emasman. Shuning uchun London turniri va Uimbldondan ham chiqishimga to‘g‘ri keldi. Bu men uchun juda muhim turnirlar edi va ularni sog‘inaman. Qisqa vaqt ichida qaytish uchun ishlashda davom etamiz”, deb yozdi Alkaras ijtimoiy tarmoqlarda.
Ma’lumot uchun, 23 yoshli tennischi bu mavsumda fevral oyida Avstraliya Ochiq chempionati va Doxa turnirida g‘olib chiqqan edi. 2025 yilgi Uimbldonda esa, u finalgacha yetib borib, u yerda italiyalik Yannis Sinnerga mag‘lub bo‘lgan.
Live
Barchasi