“Al-Qoida” yana teraktlar uyushtirishi mumkinmi? AQSH razvedkasi javob berdi
Olam
−
14 Sentabr 2021
10143AQSH razvedka hamjamiyatiga ko‘ra, “Al-Qoida” terrorchilik guruhining Afg‘onistondagi hozirgi pozitsiyasi unga xorijda hujumlar uyushtirishga hali imkon bermaydi. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi.
“AQSH razvedka hamjamiyatining hozirgi bahosiga ko‘ra, ko‘p yillar oldin “Al-Qoida”ning imkoniyatlari shunchalik tanazzulga uchragan ediki, endi u chet elda hujumlar uyushtirishga qodir emas”, degan AQSH diplomatiyasi rahbari.
Blinkenga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar bu guruhning salohiyati va Afg‘onistondan tashqaridagi boshqa davlatlarga zarar yetkazish qobiliyatini tiklash nuqtai nazaridan “o‘ta hushyor” bo‘ladi.
Davlat kotibiga ko‘ra, Vashington bu borada xalqaro sheriklari bilan yaqin muvofiqlashtirishni davom ettirish niyatida.
Avvalroq, Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” harakati “Al-Qoida” guruhining yetakchisi Ayman az-Zavohiriyga boshpana bergani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi