“Al-Ittihod” murabbiyi va Benzema o‘rtasida mojaro bormi? (video)
Sport
−
24 avgust 2023 3442 1 daqiqa
Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi bosh murabbiy Nunu Eshpiritu Santu va Karim Benzema o‘rtasida hech qanday kelishmovchilik yo‘qligiga ishora qilgan holda, o‘z sahifasida yangi video e’lon qildi.
Videoda Karim Benzemani yaxshi kayfiyatda ko‘rish mumkin.
“Karim Benzema, har doim baxtli”, deyiladi Saudiya klubi xabarida.
OAVda Benzema va murabbiy Nunu Eshpiritu Santu o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Qayd etilishicha, portugaliyalik mutaxassis Benzemani asosiy tarkibga kiritmoqchi emas, chunki unga hujumchining o‘yin uslubi yoqmaydi va dastlab murabbiy fransiyalik futbolchi transferiga qarshi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Benzema va Kante yana bir fransiyalik futbolchi Rafael Varanni Jidda klubiga olib kelmoqchi ekanligi xabar qilingandi. Saudiya klubi vakillari Benzema va Kante Varanni “Al-Ittihod”ga o‘tishga ko‘ndira olishiga ishonmoqda.
Live
Barchasi