Benzema va Kante yana bir futbolchini Saudiyaga “tortyapti” 

Sport

image

“Manchester Yunayted” himoyachisi Rafael Varan faoliyatini Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Sports Zone” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Saudiya klubi vakillari allaqachon 30 yoshli fransiyalik futbolchining yaqinlari bilan bog‘langan, biroq Varan Saudiya klubi taklifni rad etgan va u yana kamida bir mavsum Yevropada qolish istagini bildirgan.

Uning terma jamoadagi sobiq jamoadoshlari Karim Benzema va N'Golo Kante futbolchini ko‘ndirishga urinmoqda.

Qayd etilishicha, PSJ a’zosi Markinos ham “Al-Ittihod”ning qisqa transfer ro‘yxatida, lekin u bilan murosaga kelish oson bo‘lmayapti, chunki himoyachi PSJ sardori va Fransiyada juda baxtli hayot kechirmoqda.

Ma’lumot uchun, Varan 2021 yilning iyulida “Real”dan “Manchester Yunayted”ga o‘tgan edi. Futbolchi o‘tgan mavsum klub safida umumiy 34 ta o‘yinda maydonga tushdi.


Maqola muallifi

Teglar

PSJ Markin'os Rafael' Varan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing