“Al-Ahli” turkiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi

Sport

image

“Atalanta” klubining himoyachisi Merih Demiral Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” jamoasi futbolchisiga aylandi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, 25 yoshli turkiyalik futbolchi Saudiya klubi bilan 2026 yilning yoziga qadar, 3 yillik shartnoma imzolagan. Mazkur kelishuv summasi 20 million yevro bo‘lib, Demiral mavsum oxirigacha yana 10 million yevro bonus oladi. Shuningdek, Italiyaning “Yuventus” klubi ham ushbu transferdan 10 foiz (2 million yevro) ulush oladi.

“Merih Demiral rasman “Atalanta”dan “Al-Ahli”ga transfer qilindi. U allaqachon tibbiy ko‘rikdan o‘tgan”, deydi Romano.

Ma’lumot uchun, Demiralning “Transfermarkt” portalidagi narxi ham 20 million yevroni tashkil qilar edi. U endilikda “Al-Ahli”dagi uch yillik shartnoma davri mobaynida yiliga 13 million yevrodan ishlab topadi. Turkiyalik himoyachi 2022/2023 yilgi mavsumda “Atalanta” uchun barcha turnirlarda 30 o‘yin o‘tkazdi va bitta gol ga mualliflik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Atalanta Al-Ahli Merih Demiral

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made