“Al-Ahli” superyulduzlar jamoasiga aylanmoqda. Top murabbiy klubga taklif qilindi

Sport

image

Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone o‘z lavozimini tark etmoqchi. Bu haqda futbol jurnalisti Nikola Skira xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubi argentinalik mutaxassisga yiliga 40 million yevro maosh bilan ikki yillik shartnoma taklif qilgan.

Simeonening “Atletiko Madrid” bilan shartnomasi tugashiga bir yil qoldi. Argentinalik mutaxassis 12 yil davomida (2011 yildan beri) “Atletiko Madrid”ni boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa sakkizta sovrinni qo‘lga kiritdi. Jumladan, Ispaniya chempionati va Yevropa ligasida g‘olib bo‘ldi. Simeone, shuningdek, “matraschilar”ni ikki marta Yevropa Chempionlar ligasi finaliga olib chiqdi.

“Atletiko Madrid” o‘tgan mavsumda Ligada 3-o‘rinni egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Diego Simeone Al-Ahli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made