“Al-Hilol” Benzemaning transferini e’lon qildi
Sport
−
03 fevral 2151 1 daqiqa
Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Karim Benzema “Al-Ittihod” klubini tark etib, “Al-Hilol” bilan rasmiy shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, fransiyalik hujumchi “Al-Hilol” bilan 2027 yilgi mavsum so‘ngigacha shartnoma imzolagan.
Shuningdek, xabarlarga ko‘ra, “Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Benzemaning “Al-Ittihod”dan “Al-Hilol”ga o‘tishiga qarshi bo‘lgan. Sababi Ronaldu Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya jamg‘armasi (PIF)ning “Al-Nasr”ga nisbatan munosabatidan norozi bo‘lgan. Ronaldu PIF’ning klubga bo‘lgan munosabatidan, ayniqsa jamg‘arma tomonidan boshqariladigan raqib jamoalarga nisbatan ko‘rsatilayotgan e’tibordan norozi ekani sababli “Al-Nasr”da o‘ynashdan bosh tortganini ma’lum qilgan.
Bungacha, Benzema “Al-Ittihod” tomonidan taklif etilgan yangi shartnomani rad etgan edi. Fransiyalik futbolchi 2023 yil yozidan buyon Saudiya Arabistoni chempionatida to‘p surib kelmoqda. Joriy mavsumda Benzema klub safida barcha musobaqalarda 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol muallifiga aylandi.
Live
Barchasi