Aktrisa rejissyorni zo‘rlashda aybladi
Madaniyat-san’at
−
09 noyabr 2019
26140Fransiyalik aktrisa va fotograf Valentin Mone rejissyor Roman Polanskini jinsiy zo‘rlashda aybladi. Aktrisa bu voqea 1975 yilda yuz berganini ta’kidladi. Bu haqda “Le Parisien” nashri e’lon qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa aktrisa Shveysariyadagi tog‘ chang‘i kurortida dam olayotganda sodir bo‘lgan. Rejissyor ham o‘sha yerda bo‘lgan. 18 yoshli Moneni do‘stlari Polanski bilan tanishtirib qo‘ygan. Ertasi kun ular birga ovqatlangan, keyin do‘stlarining kompaniyasi ijaraga olgan kulbaga qaytishgan va go‘yoki, shu yerda rejissyor Moneni zo‘rlagan.
Mone nega bu haqda oradan 44 yil o‘tib aytishga qaror qilganini rejissyorning yangi Fransiya tarixidagi eng mashhur sud jarayoni – “Dreyfus ishi” haqidagi “Ofitser va ayg‘oqchi” filmi chiqishi to‘g‘risidagi yangiliklar bilan izohladi.
Aktrisa Polanskining tanishlaridan biri maslahat berganidek ertasi kuniyoq politsiyaga murojaat qilishga qo‘rquvi yo‘l qo‘ymaganini ta’kidladi. Nashr o‘sha tanish bilan ham bog‘langan. U ish sudgacha borsa ko‘rsatma berishga tayyor ekanini bildirgan.
86 yoshli rejissyor Roman Polanski ko‘plab mukofotlar sohibi hisoblanadi. Unga avval ham zo‘rlash ayblovi qo‘yilgan. Samanta Geymer rejissyor uni 1977 yilda zo‘rlagani haqida shikoyat qilgan. Kinematograf aybini tan olgan va kelishuvga ko‘ra, psixiatrik tekshiruvdan o‘tishga rozi bo‘lgan. Biroq sudya kelishuvni bekor qilib, uni qamoq jazosiga hukm qilishi mumkinligidan qo‘rqib Yevropaga qochib ketgan.
LiveBarchasi