Aktam Xaitov Yunusobod fojiasida partiyalarni aybladi
Jamiyat
−
20 dekabr 2019
8200Joriy yilning 18 dekabr kuni Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishi qurilishida sodir bo‘lgan fojia olti kishining umriga zomin bo‘ldi. Bu esa O‘zbekiston qurilish va sug‘urta sohasida qator xato va kamchiliklar mavjudligi, qonunlar ishlamayotganini o‘rtaga chiqardi.
Xalqaro press-klubning navbatdagi uchrashuvida mamlakatdagi siyosiy partiyalar rahbarlari ham ana shu masalaga to‘xtaldi. Jumladan, O‘zLIDep raisi Aktam Xaitov shunday deydi:
“Yunusobodda yangi quriayotgan metroda sodir bo‘lgan hodisada xalqimiz farzandlari, yosh yigitlar halok bo‘ldi. Prokratura yaqin kunlarda holat aybdorlarini o‘rganib, xulosalarini aytadi. Biroq bu hodisaning sodir bo‘lishi – sohadagi qonunlar ishlamayotganini ko‘rsatadi.
Shoshma shosharlik bilan yirik binolarni bayramga to‘g‘irlab qurib bitkazish odatiga nuqta qo‘yadigan vaqt keldi. Asosiysi sifat ekanligini unutmaylik.
Toshkentdagi metro qurilishidagi fojia shuni ko‘rsatadiki, qurilish sohasidagi qoidalar va standartlar ishlamayapti. Bu yerda partiyalarning ham aybi bor”.
Masalaga Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatov ham munosabat bildirdi.
“Yunusobod metrosining qurilishi paytida sodir bo‘lgan fojianing takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun jamoatchilik nazoratini kuchaytirishimiz kerak”, deydi Inoyatov.
Eslatib o‘tamiz, sodir bo‘lgan avariya bo‘yicha 18 dekabr kuni Toshkent shaxar prokuraturasi tomonidan JKning 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 2-qismi "a" bandi va 258-moddasi (Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
LiveBarchasi