O‘zLiDeP tadbirkorlarni himoya qilish maqsadida mansabdorlarga javobgarlikni kuchaytirishni rejalashtirmoqda
Jamiyat
−
29 avgust
222127 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarga tayyorgarlik ko‘rar ekan, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Aktam Xaitov mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish rejalari bilan bo‘lishdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yalpi ichki mahsulot hajmini 2030 yilga borib 160 milliard dollarga, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni esa 4 ming dollarga yetkazish bo‘yicha aniq choralar ko‘rilishi bo‘yicha ish olib borilmoqda. Bu maqsadga erishish uchun esa partiya asosiy urg‘uni tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratgan.
Partiya yetakchisining bildirishicha, tadbirkorlar faoliyatiga har qanday noqonuniy usulda aralashganlik uchun davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirish mo‘ljallangan.
"Litsenziyalar sonini ikki baravarga qisqartirish, 1000 ga yaqin byurokratik talablarni bekor qilish, monopol faoliyatni cheklash, eksportchi tadbirkorlar uchun kredit foiz stavkalarini kamaytirish, fermer va dehqonlarga imtiyozli kreditlarni ajratish, ularning qaytarish muddatlarini mavsumiylikdan kelib chiqqan holda belgilash, kelgusi 5 yilda iqtisodiyotda nodavlat sektor ulushini 85 foizga yetkazish kabi bir qator tashabbuslarni ilgari suramiz” deya ta’kidladi Xaitov.
“Ko‘pchilik yaxshi biladiki, besh yil oldin Tadbirkorlik kodeksi loyihasini ishlab chiqishni maqsad qilgan edik. Lekin bu va’damiz oradan 5 yil o‘tib, ya’ni 2024 yilga kelibgina qonun ko‘rinishida qabul qilindi”, deya qayd etdi partiya yetakchisi.
Shuningdek, u Biznes-ombudsman bilan hamjihatlikda ishlaydigan Investitsion ombudsman institutini tashkil etish masalasini kechikkanligini bildirib, yangi saylovoldi dasturida boshlangan ishni oxiriga yetkazish haqida to‘xtalib o‘tdi.
Bildirilgan fikrlardan ko‘rinadiki, tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish O‘zLiDePning saylovoldi dasturida alohida o‘rin egallaydigan masalaga aylanadi.
LiveBarchasi