Akmal Saidov: “Putin ham Shavkat Mirziyoyevning 3 ta tashabbusini 100 foiz qo‘llab-quvvatladi”

Jamiyat

Islom Karimov ishlagan xonadan eksklyuziv videoreportaj north_east

Islom Karimov ishlagan xonadan eksklyuziv videoreportaj

Xabaringiz bor, kecha, 10 noyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, qator takliflarni ilgari surdi.

Sammitda Shavkat Mirziyoyevning takliflarini Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham qo‘llab quvvatlagan. Bu haqda bugun, 11 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov Prezidentning SHHT sammitidagi takliflari yuzasidan o‘tkazilgan brifingda aytib o‘tdi.

“Prezidentimiz bu yil to‘rtinchi marotaba SHHT rahbarlari sammitida ma’ruza bilan chiqdi. Agarda hamma ma’ruzalarini kuzatayotgan bo‘lsangiz, ularni har birining davomiyliligi, izchilligi bilan, har bosqichda davr talabiga mos kelishi bilan ajralib turadi. Shavkat Mirziyoyev har bir chiqishlarida avvalambor, SHHT makonidagi vaziyatga baho beradi. Muammolarning yechimi sifatida taklif beradilar.

Bu yilgi sammitning o‘ziga xos xususiyati videokonferensaloqa tarzida o‘tgani bo‘ldi. Bu albatta pandemiyaning ta’siri. Ammo shunga qaramasdan Prezidentimiz iqtisodiy sohada savdo iqtisodiy aloqalarning keskin qisqarib ketgani, ishlab chiqarishning pasayib ketgani, ishsizlikning oshib borayotgani bu barcha SHHTning a’zolariga xosdir”, deydi spiker o‘rinbosari

Akmal Saidov siyosiy xavfsizlik sohasiga ham to‘xtalib, ko‘pgina hududlarda harbiy-siyosiy vaziyat keskinlashib ketgani va millatlararo, dinlararo munosabatlarning ziddiyatlashuvi chuqurlashganini ta’kidladi.

“Shavkat Mirziyoyev kechagi chiqishlarida 6 aniq yo‘nalishda tashabbus berdilar. Iqtisodiy soha, raqamli jamiyat, kambag‘allikka qarshi kurash, pandemiya davrida epidemiyalarga qarshi kurashdagi hamkorlik, terrorizm, ekstremizm va narkobiznesga munosabat hamda afg‘on muammosini hal qilishda SHHTning roli haqida aytildi.

Yurtboshimiz Afg‘on muammosi bo‘yicha BMT ning 75 yilligiga bag‘ishlangan yubiley sessiyada Afg‘oniston markaziy Osiyoning tarkibiy qismi degan g‘oyani aytgan edilar. Chunki Afg‘onistonni Sovet davridagina Markaziy Osiyodan chiqarib qo‘yganmiz”, deydi Saidov.

U so‘zida davom etib, Shavkat Miromonovich Afg‘onistonning Markaziy Osiyo bilan Janubiy Osiyo o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini tiklash kerakligini ta’kidlaganini qo‘shimcha qildi.

Qayd etilishicha, SHHT o‘zaro tajribalarni o‘rganishni taklif qilyapti. Bu yerda eng katta tajriba Xitoy Xalq Respublikasida. Ulardan ham ko‘p narsa o‘rganish kerak. 

“Biz o‘z mamalkatimiz darajasida, BMT tashkiloti darajasida, qolaversa, mintaqaviy tashkilot bo‘lgan SHHT darajasida o‘rganamiz. Bu izchillikni bildiradi.

Uning ma’lum qilishicha, kecha Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham Shavkat Mirziyoyevning 3 ta tashabbusini yuz foiz qo‘llab-quvvatlashini bildirdi”, dedi spikerning birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov.

Ma’lumot uchun, SHHT zamonaviy Xalqaro munosabatlarda o‘ziga xos o‘ringa ega. Bu tashkilot tuzilganiga 2021 yilda 20 yil to‘ladi. Tashkilot dastlab 1996 yilda Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston tomonidan “Shanxay beshligi” shaklida tashkil qilingan. 2001 yilda unga O‘zbekiston ham qo‘shilgan va Shanxay hamkorlik tashkiloti deb qayta nomlangan. Tashkilot tuzilganida 6 ta davlat a’zo edi. Hozirgi kunda ularning soni 8 taga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Akmal Saidov

Baholaganlar

190

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing