Akmal Saidov Prezidentning bajarilmay qolgan topshirig‘i haqida gapirdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Prezidentning ayollar huquqlari bo‘yicha darslik ishlab chiqish haqidagi topshirig‘ini hech kim bajarmadi. Bu haqda bugun, 21 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi yig‘ilishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov so‘z ochdi.
 
Gender tenglikni ta’minlash, ayollar huquqlarni himoya qilish, qolaversa, xotin-qizlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishlari uchun so‘zda emas, balki amalda shart-sharoit yaratish O‘zbekistondek steriotiplarga to‘la mamlakat uchun juda muhim. Hozirgi kunda qaysi davraga kirmang, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faollgini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhim masala ekanini alqanayotganiga guvoh bo‘lamiz. Biroq, natija...

Har bir ayol qayerda bo‘lishida qat’i nazar o‘z huquqlarini himoya qila olishi, hayotda o‘z o‘rnini topishi kerak.
 
Ayollar bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday holat OAV orqali keng yoritib borilmoqda. Oliy Majlis Spikeri birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov OAVning hozirgi kunda faolligi va gender strategiyasini yoritish masalasida o‘z taklifini bildirdi.

 “Hozirgi kunda ommaviy axborot vositalari juda faol. Gazeta, jurnal, va ijtimoiy tarmoqlarda gender strategiya bo‘yicha doimiy rukn tashkil etilsa, juda yaxshi bo‘lar edi”, deydi Saidov.


 
Akmal Saidov so‘zida davom etar ekan, O‘zbekistonda inson va bola huquqlari bo‘yicha darsliklar borligi, ayollar huquqlarini himoya qilish yuzasidan ham darslik ishlab chiqish vaqti kelganini ta’kidladi. 

“Ayollar huquqlari bo‘yicha darslik kerak. Bizda inson huquqlari, bola huquqlari bo‘yicha darsliklar bor, lekin ayol huquqlari bo‘yicha darsliklar mavjud emas. O‘quv moduli asosida ayollar huquqlari bo‘yicha ham darslik ishlab chiqish vaqti keldi. 2019 yil Konstitutsiya bayramiga bag‘ishlangan tadbirda, Prezident Shavkat Mirziyoyev uchta yangi darslik yaratish haqida aytgan edi. Lekin hech kim bu ishni amalda bajarmadi”, deydi Akmal Saidov.


Maqola muallifi

Teglar

Akmal Saidov gender strategiyasi

Baholaganlar

94

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing