Islom Karimov ishlagan xonadan eksklyuziv videoreportaj
Bu qiziq
−
11 noyabr 2020
71882O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1997 yildan 2004 yilgacha Oliy Majlis binosida joylashgan xonada faoliyat yuritganidan xabaringiz bormi? Ayni vaqtda esa ushbu xonadan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov foydalanmoqda. Xona avval boshdanoq qanday ta’mirlangan, jihozlar qanday joylashtirilgan bo‘lsa, hamon shundayligicha turibdi. Akmal Saidov QALAMPIR.UZ bilan suhbatda undagi hech narsa o‘zgartirilmaganini aytadi.
“Bu yerda 1997 yildan 2004 yilgacha O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘tirgan. Ikki palatali parlament bo‘lgandan keyin bu xonaga deyarli kirmaganlar. Bir palatali parlament bo‘lgan paytlarda, shu xonaga kelib, ishlaganlar. Ikki palatali parlament davrida faqatgina qo‘shma majlislarda kelib, kirsalar ham qo‘l chayishga kirgan bo‘lishlari mumkin.
Lekin men bu yerda hech narsani o‘zgartirmadim. Bu yerda 1997 yildagi uslub qolgan. O‘ziga xos tarixiy xona bu.
Bu binoga 1997 yilda ko‘chganmiz. O‘shanda Islom Abdug‘aniyevich shu xonada o‘tirganlar.
1997 yildan 2004 yilgacha har uch 3 oy 4 oyda kelib turardilar. Pastki qavatda birga tushlik qilardik. Keyin shu yerga chiqardik. Qog‘ozlari shu yerda turardi, shu yerda qo‘l chayardilar. Men haligacha hech narsani o‘zgartirmaganman. Faqat kitoblarimni olib keldim.
Men Islom Abdug‘aniyevich bilan 1989 yil iyundagi Farg‘ona voqealari bo‘lgandan beri ishlaganman”, deydi Akmal Saidov ushbu xona haqida gapirarkan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonni 1989 yildan buyon boshqargan Islom Karimov 2016 yilning 2 sentyabr kuni 78 yoshida vafot etgan edi.
LiveBarchasi