AKFA Medline karantindagi bemorlarni bepul qabul qilish tashabbusi bilan chiqdi
Jamiyat
−
24 mart 2020
5659Toshkentda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfi tobora ortib borayotgani va bunga qarshi jiddiy choralar ko‘rilayotgani munosabati bilan poytaxtdagi eng yirik klinika – AKFA Medline koronavirus yuqtirganlikda gumonlangan va bemorlar bilan yaqin muloqotda va muloqot bo‘lgan shaxslarni karantinga joylashtirishda Hukumatga yordam qo‘lini cho‘zmoqchiligini ma’lum qilmoqda.
QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qilinishicha, AKFA Medline gumonlangan shaxslarni karantinda saqlash uchun o‘z klinikasi, xodimlari va mutaxassislarini biriktirishga tayyor.
“Bugungi kunda, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda dunyodagi davlatlar birlashmoqda va insonparvarlik yordamlari ko‘rsatilmoqda. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, dunyoda pandemiya bilan zararlangan odamlar soni 350 mingga yaqinlashmoqda. 160 dan oshiq davlat va Jaxon sog‘liqni saqlash tashkiloti, tibbiyot muassalari ushbu kasallik bilan jadal kurash olib bormoqda.
Shu o‘rinda, AKFA Medline klinikasi ham bu pandemiyaga qarshi kurashishda yurtdoshlarimizni karantinda saqlash uchun o‘z klinikasi, xodimlari va mutaxassislari bilan "Pandemiyani birgalikda yengamiz!" shiori ostida, Sog‘liqni saqlash vazirligiga beg‘araz ko‘makdosh bo‘lishga tayyor ekanligini ma’lum qiladi”, deyiladi klinika xabarida.
Eslatib o‘tamiz, poytaxt Toshkentdagi "DANIEL HILL HOTEL" mehmonxonasi xorijdan kelayotgan fuqarolarni qabul qilish, ularni karantinda saqlash va 3 mahal ovqat bilan ta’minlash taklifi bilan chiqqandi.
LiveBarchasi