Akbar Jo‘rayev O‘zbekiston hisobiga Olimpiada kumush medalini qo‘shib qo‘ydi
Sport
−
10 avgust
5589Bugun, 10 avgust kuni Parij shahrida yakuniga yetib borayotgan Olimpiada o‘yinlarining og‘ir atletika bahslarida o‘zbekistonlik Akbar Jo‘rayev ishtirok etib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.
-102 kg da bahslarida qatnashgan Akbar Jo‘rayev dast ko‘tarishda 185 kg, siltab ko‘tarishda esa 219 kg vaznni o‘ziga bo‘ysundirgan Jo‘rayev umumiy hisobda 404 kg vazn bilan 2-natijani qayd etdi. Jo‘rayev 2021 yil Tokioda o‘tkazilgan musobaqalarda g‘olib bo‘lgandi.
E’tiborlisi, Tokio Olimpiadasida Jo‘rayev -109 kg vaznda bahslarda qatnashgan. Parij Olimpiadasigacha Jo‘rayev o‘z vaznini o‘zgartirdi va yangi vaznda Olimpiya o‘yinlarida kumush medal sohibi bo‘ldi.
Qayd etish joiz, 24 yoshli Jo‘rayev O‘zbekiston hisobiga Parijdagi musobaqalarda dastlabki kumush medalni qo‘shib qo‘ydi. Bungacha o‘zbekistonlik atletlar oltin va bronza medallariga sazovor bo‘lgandi.