Akbar Jo‘rayev Osiyo chempionatida 3 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi
Sport
−
09 fevral
5905Bugun, 9 fevral kuni og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatining kun dasturida O‘zbekiston vakili Akbar Jo‘rayev 3 ta yo‘nalishda shohsupaning 1-pog‘onasidan joy oldi.
-102 kg vaznda ishtirok etgan Jo‘rayev dast ko‘tarishda 180 kg, siltab ko‘tarishda 220 kg natija qayd etib oltin medalga ega chiqdi. Sportchi ikki kurash natijasiga ko‘ra, 400 kg natija qayd etib, musobaqadagi oltin medallari sonini 3 taga yetkazdi.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli Akbar Jo‘rayev Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni hisoblanadi. U o‘tgan yili Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qizlar o‘rtasida Nigora Suvonova va Tursunoy Jabborova O‘zbekiston jamoasi hisobiga 4 ta medal qo‘shib qo‘ygani xabar qilingandi.
LiveBarchasi