AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari o‘qqa tutildi
Olam
−
20 Oktabr 2023
18000Amerikaning Iroq g‘arbidagi “Ayn al-Asad” harbiy bazasi Grada raketasidan o‘qqa tutildi va uning hududida bir nechta raketalar portladi. Bu haqda “Shafaq News” xabar berdi.
“Al Mayadeen” kanalining aniqlik kiritishicha, hujumda dronlar ham ishtirok etgan.
Kanalga ko‘ra, javobgarlikni Iroq islomiy qarshilik harakati o‘z zimmasiga olgan.
Shuningdek, harakat tomonidan Amerikaning Suriya va Iroqdagi boshqa bazalari – Al-Tanf va Al-Harirga ham hujum qilingani aytilmoqda.
“Fox News” telekanali Amerikaning Suriyadagi Tanfdagi harbiy bazasiga drondan hujum qilingani va yonayotgan bazaning videosini, “CTV News” esa yaralangan amerikalik askarlar tasvirlarini e’lon qildi.
Shuningdek, Damashqdan 250 km uzoqlikda joylashgan AQSH va G‘arb koalitsiyasining bazasiga ham hujum qilingan. Bu yerda ham uchuvchisiz qurilmalardan foydalanilgan. Bazada ikkita raketa portlagan. AQSH Markaziy qo‘mondonligidagi manbaning ma’lum qilishicha, bir necha amerikalik askar yengil jarohat olgan.
Amerika Mudofaa vazirligi “Fox News” telekanaliga tushuntirganidek, Suriya va Iroqdagi AQSH bazalarida mos ravishda 900 va 2,5 ming askar joylashgan.
Shu yilning 18 oktyabr kuni “Hizbulloh” Iroq qanoti jangchilari Suriyaning Dayr-az-Zor viloyatidagi Koniko gaz koni yaqinidagi AQSH harbiy bazasini raketa bilan o‘qqa tutgan.
Pentagon AQSH va G‘arb koalitsiyasining Suriyadagi bazasiga uchuvchisiz samolyot hujumi sodir etilganini tasdiqlagan.
"Suriya vaqti bilan 18 oktyabr tongda Suriyadagi Tanf bazasiga ikkita uchuvchisiz samolyot hujum qildi. AQSH va koalitsiya kuchlari o‘t ochdi va ulardan birini urib tushirdi, ikkinchisi bazaga zarba berdi, oqibatda harbiy xizmatchilar yengil tan jarohati oldi”, deydi Pentagon vakili.
LiveBarchasi