AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi Rossiyani fashistlar Germaniyasiga tenglashtirdi

Olam

image

AQSHning Toshkentdagi elchixonasining Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan e’lon qilgan bayonotida Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari Ikkinchi jahon urushiga qiyoslandi.

“Ushbu Xotira va qadrlash kunida O‘zbekiston xalqini Ikkinchi Jahon Urushida ittifoqchi kuchlarning natsizm ustidan qozongan g‘alabasining 77 yilligi bilan tabriklaymiz. Bugun biz Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya va boshqa ittifoqchi davlatlar bilan birgalikda Sovet qo‘shinlarining 34 million a’zosi safida xizmat qilgan 530 mingdan ortiq o‘zbekistonlik qo‘shgan hissa va qurbonlarni xotirlaymiz hamda sharaflaymiz. Biz ularga, ularning oilalari va avlodlariga chuqur hurmat bajo keltiramiz.

9 may tinchlik va ozodlik g‘alabasi sifatida nishonlanayotgan bir pallada, afsuski, bugungi kunda ham 1945 yildan avval bo‘lgani kabi dahshatli xatti-harakat turini ko‘rmoqdamiz: ya’ni hozir bir davlat o‘z qo‘shnisini bo‘ysundirib, uning hududini kuch bilan bosib olishga urinmoqda. Biz dunyomizni bunday qorong‘u va xatarli o‘tmishga qaytishiga sira yo‘l qo‘ya olmaymiz. Shu bois biz bunday bosqinchilik harakatlarini qoralaymiz hamda o‘z mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilishga intilayotgan barcha xalqlarning jasoratini e’tirof etamiz”, deyiladiAQSH elchixonasi bayonotida.

AQSH diplomatik missiyasi ma’lumotilariga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushida 530 mingdan ortiq o‘zbekistonlik AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa ittifoqchi davlatlar bilan birgalikda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan.

“Bugun biz zulmga qarshi kurashda O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi mushtarak tarixni yodga olamiz. G‘ururli mustaqil O‘zbekiston xalqiga esa kuch-quvvat, sog‘lik, tinchlik va farovonlik tilaymiz”, deyiladi rasmiy e’londa.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham O‘zbekiston xalqini Rossiyada G‘alaba kuni sifatida nishonlanadigan Xotira va qadrlash kuni bilan tabrikladi.

“77 yil avval front askarlari va partizanlarining jasorati va qahramonligi, front ishchilarining matonati va fidoyiligi tufayli Yevropani qulga aylantirmoqchi bo‘lgan, o‘n millionlab odamlarga og‘riq va iztirob olib kelgan fashizm mag‘lub etildi. Umumiy g‘alaba hayotimiz va erkinligimiz kafolatiga aylandi”, degan Rossiya rahbari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati Putinning tabrigi haqida qisqacha xabar berdi. Prezident Mirziyoyevning Moskvaga tabrik yo‘llagani haqida xabarlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

268

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing