AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi barcha turdagi vizalarni berishni qayta tikladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi cheklangan miqdorda barcha turdagi vizalarni berish uchun qabulni boshladi. Bu haqda elchixonaning Matbuot xizmati ma’lum qildi

“Cheklangan resurslar, shuningdek suhbat uchun joylar kamligi sababli, viza olish uchun murojaat qilganlar suhbatga yozilish uchun odatdagidan ko‘proq kutishga tayyor bo‘lishlari va shunga muvofiq sayohatni rejalashtirishlari kerak”, deyiladi elchixona xabarida.

Qayd etilishicha, immigratsion bo‘lmagan vizalar uchun arizalar birinchi navbatda O‘zbekiston fuqarolari va mamlakatda yashovchilardan qabul qilinadi.

Mutaxassislik bo‘yicha ish (H1B / H4), shuningdek kompaniyalararo ko‘chish uchun vizalar (L1 / L2) tezlashtirilgan suhbat asosida ko‘rib chiqilishi mumkin.

Quyidagi holatlarda shoshilinch suhbatga murojaatlar qabul qilinishi mumkin:

  • F-1, F-2, M-1, M-2  (talabalik vizalari);
  • J-1, J-2 (birja ishtirokchilari uchun);
  • C1 / D (tranzit va ekipaj vizalari);
  • I (matbuot vakillari va jurnalistlar uchun);
  • O (katta yutuq yoki qobiliyatga ega bo‘lganlar uchun);
  • R (xalqaro miqyosda tan olingan sportchilar, sa’natkorlar);
  • Norezidentlar:  E, H1B, L, O va P.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Jo Bayden qaroriga ko‘ra, xorijiy fuqarolar so‘nggi 14 kun ichida Janubiy Afrika, Braziliya, Irlandiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Eron yoki Shengen zonasiga kiruvchi 26 mamlakatning birida bo‘lgan taqdirda Amerikaga kira olmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

viza

Baholaganlar

177

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing