AQSHning Ukrainaga yuboradigan navbatdagi yordam paketi hajmi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Ukrainaga yuboriladigan navbatdagi yordam paketi hajmi 2,85 milliard dollarga teng. Bu haqda kecha, 5 yanvar kuni TASS nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, rasman tasdiqlanishi kutilayotgan navbatdagi yordam paketi Ukraina Qurolli Kuchlarini bahorgacha maksimal darajada kuchaytirishga yo‘naltiradi.

Kutilganidek, piyoda askarlar uchun mo‘ljallangan o‘nlab Bradley jangovar mashinalari ham ro‘yxatdan joy oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Milliy banki tomonidan e’lon qilingan hisobotda, 2022 yilda Ukraina hamkor mamlakatlardan olgan moliyaviy, harbiy va gumanitar yordamning umumiy miqdori 120 milliard dollardan oshgani ma’lum qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina yordam paketi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing