AQSH Ukrainaga Bradley jangovar mashinasini berish masalasini ko‘rib chiqmoqda
Olam
−
05 yanvar 2023
3921Amerika Qo‘shma Shtatlari ma’muriyati Ukrainaga Bradley piyodalarning jangovar mashinalarini yetkazib berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda 4 dekabr kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Kentukki shtatida jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida ma’lum qildi.
Amerika yetakchisidan Vashington Kiyevga Bradley’ni yetkazib berish masalasini ko‘rib chiqyaptimi, deb so‘ralganda Prezident "Ha", deb javob bergan. Shuningdek, u 4 dekabr kuni AQSH Senatida respublikachilar yetakchisi Mitch Makkonel bilan tashqi siyosat va Ukraina masalasini muhokama qilganini aytib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 21 dekabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Bayden taklifiga binoan Vashingtonga borib, kongress rahbariyati bilan uchrashdi va nutq so‘zladi. AQSHning 1,85 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketi e’lon qilinishi Zelenskiyning tashrifi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi.
LiveBarchasi