Ukraina 2022 yilda qancha yordam olgani e’lon qilindi
Olam
−
29 dekabr 2022
74682022 yilda hamkor mamlakatlardan Ukrainaga e’lon qilingan hamda ko‘rsatilgan moliyaviy, harbiy va gumanitar yordamning umumiy miqdori 120 milliard dollardan oshdi. Bu haqda Ukraina Milliy bankining hisobotida keltirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilning 11 oyi davomida Ukraina byudjetni moliyalashtirish uchun 28 milliard dollar olgan. Ushbu daromadlarning 42 foizi grantlardir.
BMT va Turkiya ishtirokida Rossiya bilan birgalikda tuzilgan don bitimi Ukraina to‘lov balansiga bosimni kamaytirish imkonini bergan.
Qayd etish kerakki, Yevropa Ittifoqi 16 dekabr kuni Ukrainaga yangi moliyaviy yordam paketini taqdim etishni ma’qulladi. Yevrokomissiya taklifiga ko‘ra, YeI davlatlari Kiyevga 18 milliard yevro miqdorida imtiyozli kreditlar ajratadi, uni to‘lash uchun Ukrainaga 2033 yildan boshlab 35 yil muddat beriladi.
24 dekabr kuni AQSH Kongressi 2023 yil uchun 1,7 trillion dollar miqdoridagi mamlakat byudjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Unga ko‘ra, 44,9 milliard dollar Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
“Politico” nashriga ko‘ra, AQSH rasmiylari Ukrainaga yordam sekinlashishini kutishmoqda, chunki Vakillar palatasini nazorat qiluvchi respublikachilar bu masalada ikkiga bo‘lingan.
LiveBarchasi