AQSHning Texas shtatida migrantlarni hibsga olishga oid qonun kuchga kirdi
Olam
−
20 mart
6363AQSH Oliy sudi Texas shtatiga chegarada noqonuniy muhojirlarni hibsga olishga ruxsat berdi. Bu haqda, “The Washington Post” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha,Texas huquq-tartibot idoralari xodimlariga chegarada noqonuniy muhojirlarni ushlab turishga ruxsat beruvchi qonun o‘tgan yili shtat organlari tomonidan qabul qilingan, biroq federal hukumat bunga qarshi chiqqan.
"SB4" nomli qonunga asosan muhojirlarning chegarani noqonuniy kesib o‘tishi jinoyat hisoblanib, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni olti oygacha hibsga olish va deportatsiya qilish mumkin bo‘ladi.
Nashrning ta’kidlashicha, ushbu qonun ijrosi tarixan federal hukumat nazoratining bir qismi bo‘lsa-da, sudning "ko‘pchilik konservativlari" qonunning kuchga kirishiga ruxsat berdi, ammo unga hali e’tiroz bildirilishi mumkin.
Oq uy matbuot kotibi Karine Jan-Perning aytishicha, Prezident Jo Bayden ma’muriyati Texasga "zararli va konstitutsiyaga zid qonun"ni amalga oshirishga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Bundan tashqari, Meksika Tashqi ishlar vazirligi ham immigratsiyaga qarshi qonunni qoralagan.
"Tashqi ishlar vazirligi Texasda migrantlar oqimini jinoiy javobgarlikka tortish, oilaviy ajralish, kamsitish va migrantlar huquqlarini buzuvchi irqiy zo‘ravonlikni rag‘batlantirish orqali to‘xtatishga qaratilgan "SB4" ning kuchga kirishini qoralaydi", deyiladi Meksika Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati davrida muhojirlarning mamlakat chegarasida to‘planishi rekord darajaga yetgani haqida xabar bergandik.
Madina Otaboyeva
LiveBarchasi