AQSH chegaralarida to‘plangan migrantlar soni rekord darajaga yetdi. Bunga sabab nima?
Tahlil
−
09 fevral
7689AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati davrida muhojirlarning mamlakat chegarasida to‘planishi rekord darajaga yetdi. Bu holat Bayden uchun saylov oldidan jiddiy “bosh og‘rig‘i” bo‘lishi kutilmoqda. Amerikaliklar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, ularning uchdan ikki qismi Baydenning bu boradagi harakatlarini qoralaydi.
Baydenning ноябрь oyida bo‘lishi kutilayotgan prezidentlik saylovidagi ehtimoliy raqibi Donald Tramp shu hafta muammoni hal qilishga urinayotgan partiyalararo qonun loyihasini qoralab, uning yetarlicha keskin emasligini aytdi. Bayden davrida AQSHga noqonuniy o‘tayotgan 6,3 milliondan ortiq muhojir hibsga olingan bo‘lib, bu Tramp, Obama va Jorj Bush davriga nisbatan ancha oshib ketdi.
BBC AQSH chegarasidagi vaziyat yuzasidan mutaxassislar fikriga tayanib, buning asosiy sababini o‘rgandi. Unga ko‘ra, migrantlar sonining ko‘payishiga amaldagi hukumatdan oldingi rahbarlar ham sababchi bo‘lgan.
Karantindan keyin migrantlarning Amerikaga kelishiga talab oshdi
Migrantlar soni 2018 yilda o‘sishni boshladi. Bunga, asosan, markaziy amerikaliklarning uyushgan zo‘ravonlik, qashshoqlik, siyosiy repressiya va tabiiy ofatlardan qochishi sabab bo‘ldi. 2019 yilning yozida noqonuniy migrantlar soni yana kamaydi, AQSH rasmiylari buni Meksika va Gvatemala tomonidan bosim kuchaygani bilan izohladi.
Migrantlar oqimi 2020 yil boshida pandemiya davridagi cheklovlar sabab o‘sha yilning mart va aprel oylarida migratsiya 53 foizdan ko‘proqqa qisqardi. Cheklovlar 2021 yil boshida bekor qilinganidan beri raqamlar doimiy ravishda o‘sib bordi va 2023 yil dekabrida 302 000 dan oshdi.
"O‘shanda biz harakatlanish cheklovlari yumshaganidan keyin markaziy amerikaliklarning va butun mintaqa bo‘ylab ko‘chishiga guvoh bo‘ldik. Mamlakatga nafaqat Venesuela, shuningdek, Kolumbiya, Ekvador va undan uzoqroq joylardan ham odamlar oqib kela boshladi”, deydi Vashingtonda joylashgan Migratsiya siyosati institutining siyosat tahlilchisi Ariel Ruiz Soto. Uning qo‘shimcha qilishicha, muhojirlar orasida hozir G‘arbiy Afrika, Hindiston va Yaqin Sharq kabi olis davlat fuqarolari ham bor.
Amerika qit’asidan tashqaridagi migrantlarning eng katta qismi xitoyliklar hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘tgan yili AQSH-Meksika chegarasida 37 mingdan ortiq Xitoy fuqarosi hibsga olingan bo‘lib, bu ikki yil avvalgi ko‘rsatkichdan 50 baravar ko‘p.
Global migratsiya tendensiyalari
So‘nggi bir necha yil ichida AQSH-Meksika chegarasida muhojirlar sonining ko‘payishi bilan bir vaqtda, dunyoning boshqa boy mamlakatlariga ham migrantlar oqimi kuchaygan. Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkilotining (OECD) o‘tgan yil oxirida e’lon qilgan statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda tashkilotning 38 a’zo davlatiga doimiy yashash maqsadida 6,1 million nafar muhojir ko‘chib o‘tgan, bu 2021 yilga nisbatan 26 foizga va 2019 yilga nisbatan 14 foizga ko‘p degani.
2022 yilda AQSHdan boshpana topganlar soni ikki baravar ko‘paydi. Buning asosiy qismini Venesuela, Nikaragua va Kubadan kelgan muhojirlar tashkil etadi. AQSH gumanitar migratsiya darajasi bo‘yicha Germaniyadan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi.
Trampdan Baydengacha
Muhojirlar oqimining kuchayishiga 2021 yilda Oq uydagi o‘zgarish ham hissa qo‘shdi, deydi ba’zi ekspertlar. Prezident Trampning asosiy va’dasi, garchi u hech qachon amalga oshmagan bo‘lsa ham, chegarada devor qurish va deportatsiya sonini ko‘paytirish edi. Ko‘pchilik tomonidan shafqatsiz deb qoralangan holat: bolalarning hibsga olingan ota-onalaridan ajralishi aks etgan maqolalar AQSH davlat chegaralarini yopayotgani haqidagi taassurotni kuchaytirdi.
Prezident Bayden davrida vaziyat va siyosat o‘zgardi. Deportatsiya qilinganlar soni kamaydi, migrantlarni Meksikaga tezda qaytarish, chegara devorini qurish kabi ularni "to‘xtatishga qaratilgan" siyosat tugadi. Migrantlar immigratsiya bo‘yicha sud sanalarini kutish uchun AQSHda shartli ravishda qolishiga ruxsat berildi - bu jarayon ko‘p yillar davom etishi mumkin.
Chegarani noqonuniy ravishda kesib o‘tmoqchi bo‘lgan odamlarning BBC’ga bergan ma’lumotiga ko‘ra, ular AQSHga kirish va u yerda qolish endi osonroq bo‘ladi, deb o‘ylagan. Kontrabandachilar esa, prezident o‘zgarganidan foydalanib, chegaraga shoshilish kerak, degan fikrni ilgari surgan.
Mohinur Mamatova
LiveBarchasi