AQSHning taklifiga toliblar hali o‘z javobini bermagan — Abdulla Abdulla
Olam
−
20 mart 2021
4256Rasmiy Kobul koalitsion Hukumat tuzish bo‘yicha muzokaralarda toliblar bilan hokimiyatni taqsimlash tamoyillarini muhokama qilish zarurligini aytdi. Bu haqda Afg‘oniston Milliy yarashuv bo‘yicha oliy kengashining raisi Abdulla Abdullaga tayanib ma’lumot berilgan.
"Barchasi ikki tomon qanday kelishuvga erishishiga bog‘liq", degan Abdulla.
Shu bilan birga, Oliy kengash rahbarining aniqlik kiritishicha, AQSHning muvaqqat koalitsiya Hukumati tuzish haqidagi taklifiga "Tolibon"ning o‘zi hali javob bermagan.
“Biz AQSH taklifini qabul qilganimiz, undagi barcha narsalar bilan kelishganimiz shuning o‘zi yetarli degani emas. Biz ba’zi g‘oyalar haqida o‘z fikrlarimizni bildirdik, ammo toliblar hali hech qanday fikr bildirmagan", deya tushuntirgan Abdulla.
Ma’lumot o‘rnida, Qatar poytaxti Dohada 2020 yil 12 sentyabrda Afg‘oniston Hukumati va "Tolibon" o‘rtasida tinchlik muzokaralari boshlandi. Amerika Qo‘shma Shtatlari muzokaralarda faol ishtirok etmoqda.
Avvalroq, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Afg‘onistonning “Tolibon” harakati vakillari ham kiritiladigan hukumatini shakllantirish uchun BMT shafeligida konferensiya chaqirishni taklif qilgandi. Blinken, shuningdek, yangi hukumatda Tolibon vakili bo‘lishi, Saudiya Arabistoni Konstitutsiyasini o‘zgartirish rejalari va uch oylik zo‘ravonlikni qisqartirish shartlari, so‘ngra o‘t ochishni butunlay to‘xtatish haqida ma’lumot bergandi.
LiveBarchasi