AQSHning Suriyadagi bazalariga hujum qilindi. Qurbonlar bor
Olam
−
13 noyabr 2023
8199AQSHning Suriya shimoli-sharqidagi harbiy bazalariga raketa hujumi uyushtirildi. Oqibatda bir qancha harbiylar halok bo‘lgan. Bu haqda "Al Mayadeen" telekanali xabar berdi
Bu AQSHning Suriyadagi "eronparast" guruhlarga ob’ektlarga uyushtirgan hujumlariga javob zarbalari ekani aytilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Dayr-az-Zor viloyatida joylashgan Koniko gaz koni yaqinida AQSH harbiy bazasi tomon 15 ta raketa uchirilgan bo‘lib, harbiylar shtabi va qurol-yarog‘ ombori nishonga olingan. Shundan so‘ng yaralangan amerikaliklar o‘nlab vertolyotlarda Iroqdagi harbiy gospitalga olib ketilgan. Halok bo‘lganlar soni ochiqlanmagan.
AQSHning Hasaka viloyatidagi “Ash-Shaddadi” bazasi ham uchta uchuvchisiz boshqariladigan uchish qurilmasining hujumiga uchragan. Hujumlar uchun mas’uliyatni Isoil bilan urushda HAMASni qo‘llab-quvvatlayotgan Iroqdagi "Islomiy qarshilik harakati" o‘z zimmasiga olgan.
LiveBarchasi