AQSHning Suriyadagi harbiy bazalari raketa hujumiga uchradi

Olam

image

Suriya shimoli-sharqidagi AQSHning uchta harbiy bazasi raketalar bilan o‘qqa tutildi. Bu haqda “Al-Mayadeen” telekanali xabar berdi.

“Suriyaning Dayr-az-Zaur viloyatidagi “Al-Umar” neft koni yaqinida joylashgan AQSH harbiy bazasi raketa zarbalariga uchradi”, deyiladi xabarda.

AQSH harbiy ob’ektida bir necha kuchli portlashlar sodir bo‘lgan. Qurbonlar va moddiy zarar haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.

O‘z navbatida, “Sham FM” radiostansiyasi ham guvohlarga tayanib, kecha, 16 dekabr kuni Xasaka viloyati shimolidagi Amerika harbiy bazasida bir nechta raketalar portlaganini xabar qildi.

Unga ko‘ra, Suriyadagi Amerika bazalariga qo‘shni Iroqdan qo‘shimcha kuch va harbiy texnika yetib kelishda davom etmoqda. Xususan, kecha qurol va o‘q-dorilar ortilgan ikkita harbiy transport samolyoti “Harrab al-Jayr” aerodromiga kelib qo‘ngan.

Bundan tashqari, Suriya shimoli-sharqida, “Koniko” gaz koni yaqinida joylashgan AQSH bazasiga ham raketalar bilan hujum qilingan. Hujum uchun javobarlikni “Iroq qarshilik” harakati o‘z zimmasiga olgan.

Pentagon matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singhning ma’lum qilishicha, 8 dekabr holatida Amerikaning Iroq va Suriyadagi bazalariga qilingan hujumlar soni 78 taga yetgan. Buning oqibatida 66 kishi turli darajada tan jarohati olgan.

Eslatib o‘tamiz, shu oyning ilk haftasida AQSHning Suriyadagi bazasiga Iroqdan 15 ta raketa uchirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Suriya harbiy baza

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing