AQSHning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish vaqti ma’lum bo‘ldi
Olam
−
27 fevral 2021
4848AQSH "bir necha hafta ichida" Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Oq uy Matbuot kotibi Jen Psaki ma’lum qilgan.
"Bir necha oy ichida emas, balki bir necha hafta ichida", degan Psaki Rossiya Federatsiyasiga qarshi yangi cheklov choralari qachon bo‘lishi haqidagi savolga javoban.
Shuningdek, Amerika Yevropa qo‘mondonligi rahbari Tod Uoltersga ko‘ra, Rossiyaga qarshi sanksiyalar RFning AQSHga tahdidini bekor qilmaydi.
Uning ta’kidlashicha, Moskva "zararli harakatlar"ni amalga oshirmoqda hamda AQSH ittifoqchilarini "ajratish va kuchsizlantirishga" harakat qilmoqda.
Uolters, shuningdek, Rossiyani Arktikani harbiylashtirishda ayblagan.
LiveBarchasi