AQSHning Markaziy Osiyodagi Rossiya bazalaridan foydalanish ehtimoli muhokama qilindi 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Qurolli Kuchlari shtablar rahbarlarining birlashgan qo‘mitasi rahbari general Mark Milli o‘tgan hafta Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov bilan AQSH harbiylarining Markaziy Osiyodagi Rossiya bazalaridan foydalanish ehtimolini muhokama qildi. Bu haqda “Wall Street Journal” nashri xabar bergan. 

Avvalroq, bu mavzu Rossiya va AQSH Prezidentlari Vladimir Putin hamda Jo Baydenning iyun oyida Jenevada bo‘lib o‘tgan sammitida ko‘tarilishi mumkinligi haqida mish-mishlar paydo bo‘lgan, Kreml esa bunga izoh bermagandi. 

Ta’kidlanishicha, Gerasimov bu borada Milliga hech qanday va’da bermagan. 

Rossiya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, Gerasimov va Milli o‘tgan hafta Finlyandiyada muzokaralar o‘tkazgan. Ular harbiy harakatlar paytida baxtsiz hodisalar xavfini kamaytirish mavzusini ham muhokama qilingan. Ta’kidlanishicha, uchrashuv konstruktiv tarzda o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya

Baholaganlar

243

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing