AQSHning boyliklari ortida katta jinoyatlar yotadi – Putin
Olam
−
18 noyabr 2023
10720G‘arbning boyligi asosan mustamlakachilik va qullikka asoslangan. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburg xalqaro madaniyat forumida aytib o‘tdi.
"Ko‘pgina mamlakatlar, xususan, Yevropa davlatlari va Qo‘shma Shtatlar ega bo‘lgan boylik, albatta, asosan o‘tmishdagi adolatsizliklar, mustamlakachilik hamda o‘zga xalqlarni qul qilish orqali to‘plangan", deydi Rossiya yetakchisi.
Putin bundan avval ham o‘z chiqishlarida yangi ko‘p qutbli dunyo tartibini o‘rnatish, jumladan, Osiyo, Afrika, Yaqin Sharq va Lotin Amerikasi uchun yanada demokratik va adolatli jamiyat barpo etish haqida gapirgan. U shuningdek, Afrika nihoyat mustamlakachilik va neokolonializmning "og‘ir merosi" dan xalos bo‘layotganini olqishlagan.
Qiziqarli tomoni, G‘arbni bosqinchilik va quldorlikda ayblagan Putin yaqin o‘tmishdagi va ayni paytdagi Rossiyaning imperialistik siyosati haqida hech narsa demagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin MDH Xavfsizlik kengashi kotiblari yig‘ilishi ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaatida dunyoda vaziyat nihoyatda keskinligicha qolayotgani – turli mintaqalarda eski mojarolar avj olib, yangi mojaro o‘choqlari paydo bo‘layotgani haqida gapirgandi.
LiveBarchasi