Putin hozirgi vaziyatni nihoyatda keskin deb atadi

Olam

image

Hozir dunyoda vaziyat nihoyatda keskinligicha qolmoqda – turli mintaqalarda eski mojarolar avj olmoqda, yangi mojaro o‘choqlari paydo bo‘lmoqda. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin MDH Xavfsizlik kengashi kotiblari yig‘ilishi ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaatida ma’lum qildi. 

“Biz xalqaro vaziyat o‘ta og‘ir va tarangligicha qolayotganini ko‘rib turibmiz. Bir qator mintaqalarda eski mojarolar kuchayib, yangi mojaro o‘choqlari paydo bo‘ldi”, deydi u. 

Shu nuqtayi nazardan, Putin Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlatlari xavfsizlik kengashlari kotiblarining muntazam yig‘ilishlari tashkilotning kollektiv xavfsizlik tizimini mustahkamlash va rivojlantirish, uning barcha ishtirokchilari suvereniteti va milliy manfaatlarini ta’minlash, ularning ishonchli ilg‘or ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega.

Ma’lumot uchun, bugun, 8 noyabr kuni MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik kengashlari kotiblari o‘zining yillik yig‘ilishi uchun Moskvaga to‘plandi. Tadbirda Rossiya tomonidan Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev ishtirok etmoqda. 

Uchrashuvda MDH makonida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashning dolzarb muammolari, shuningdek, xavfsizlik sohasida mamlakatlarning ikki va ko‘p tomonlama formatdagi amaliy hamkorligi masalalari muhokama qilinadi. 

Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashi kotiblarining yillik yig‘ilishi 11-marotaba o‘tkazilmoqda. Avvalgisi 2022 yilning noyabrida Moskvada bo‘lib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

MDH Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing