Putinning safdoşi umrni uzaytiriş payida: u maymunlar bilan işlayapti
Olam
−
22:28 438 2 daqiqa
Rossiyada Kurçatov instituti olimlari insonning soğlom umrini uzaytiriş usullarini topiş maqsadida primatlarning qarişini örganmoqda. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Putinning yaqin safdoşi, ilmiy markaz prezidenti Mixail Kovalçukka tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Kovalçuk ötkazilayotgan tadqiqotlar haqida Moskvadagi Kurçatov genom forumida sözlab bergan. Uning sözlariga köra, olimlar qarişning turli bosqiçlarini kuzatiş uçun keksa maymunlarni tekşiruvdan ötkazmoqda.
Tadqiqotçilar 18 yoşdan 30 yoşgaça bölgan hayvonlarni örganyapti: biokimyoviy körsatkiçlar, töqimalar, tomirlar va miya holatini tekşirilmoqda. Kovalçuk tomonidan “unikal” deb atalgan uzoq yaşovçi maymunlar guruhi alohida qiziqiş uyğotmoqda.
“Bloomberg”ning qayd etişiça, Kovalçuk Rossiya Prezidenti bilan uzoq paytdan buyon aloqalarga ega va uning ilmiy masalalar, jumladan, genetika sohasidagi norasmiy maslahatçisi hisoblanadi.
Vladimir Putin joriy yil oktyabr oyida 74 yoşga töldi. Agentlik uning uzoq umr köriş mavzusiga bölgan qiziqişini eslatib ötadi. 2025 yil sentyabr oyida Rossiya Prezidentining XXR raisi Si Szinpin bilan suhbati Pekindagi harbiy parad oldidan tasodifan rasmiy translyatsiyaga tuşib qolgan. Öşanda ular biotexnologiyalar va a’zolarni köçirib ötkaziş imkoniyatlarini, şuningdek, umr köriş davomiyligini 150 yoşgaça oşiriş istiqbollarini muhokama qilgan.
Eslatib ötamiz, uzoq umr köriş mavzusini Putinning tönğiç qizi, endokrinolog Mariya Voronsova ham kötargan. Oktyabr oyida u Moskvaning “Skolkovo” boşqaruv maktabida soğliqni saqlaş odamlarga uzoqroq yaşaşga qanday yordam berişi mumkinligi haqida ma’ruza qilgan edi.
Live
Barchasi