AQSHning ikki senatori Turkiyaga qarshi sanksiyalar joriy etishni taklif qilmoqda
Olam
−
21 dekabr
2512AQSH Kongressining ikki senatori Turkiyaga nisbatan cheklovlar joriy etishni taklif qilmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Demokrat Kris Van Xollen va respublikachi Lindsi Grem Suriyadagi xatti-harakatlari uchun Turkiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llash bo‘yicha ikki partiyaviy qonun loyihasini taqdim etgan.
“2024 yilgi Turkiya bosqiniga qarshi qonun” deb nomlangan hujjat mualliflari Vashington diplomatik kanallar orqali o‘t ochishni to‘xtatishga erishish uchun Anqara bilan hamkorlik qilishi kerak, aks holda Turkiyaga sanksiyalar bilan tahdid qilishi kerakligini ta’kidlagan.
“Ushbu sanksiyalar Turkiya yoki Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan kuchlar tomonidan “Islomiy davlat”ning qayta tiklanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan, AQSH va butun dunyo milliy xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan Suriya Demokratik kuchlariga (SDF) qarshi keyingi hujumlarining oldini olishga qaratilgan”, deyiladi xabarda.
54 yillik hokimiyatdan so‘ng Suriyada Asad oilasining hukmronligi nihoyasiga yetdi. 8 dekabr kuni Bashar Asad mamlakatni tark etib, Rossiyadan boshpana so‘radi. Yaqin Sharqning zamonaviy tarixidagi eng shafqatsiz rejimlardan birining qulashi Suriya armiyasi va muxolif kuchlar koalitsiyasi o‘rtasida bor-yo‘g‘i 12 kun davom etgan janglardan so‘ng yuz berdi va Suriyada 13 yillik fuqarolar urushiga nuqta qo‘yildi. U o‘z hukmronligi davrida 350 mingdan ortiq suriyalikning hayotiga zomin bo‘ldi va kamida 13 million kishi uyini tark etdi. Asad rejimi qulagan kuni Damashqda kuchli otishma ovozi eshitildi. Isyonchilar koalitsiyasi ijtimoiy tarmoqlarda Asad qochib ketgani va mamlakat poytaxti ozod qilinganini e’lon qildi.
LiveBarchasi