AQSHning Afg‘onistonga hujumida ISHIDning ikki yetakchisi o‘ldirildi. “Tolibon” Vashingtondan norozi

Olam

image

Avvalroq, AQSH Afg‘oniston poytaxti Qobul aeroportida uyushtirilgan qator portlashlardan keyin mamlakatning Nangarhar viloyatida joylashgan ISHID jangarilariga havodan zarba bergani xabar qilingandi.

AQSH Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, hujum natijasida “Xuroson islom davlati” terrorchilik guruhining (ISHIDning Afg‘onistondagi shoxobchasi) ikki nafar yuqori martabali a’zosi yo‘q qilingan.

“Yangi kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, [hujum natijasida] ISHIDning ikki nafar yuqori martabali vakili yo‘q qilindi, yana biri jarohatlandi. Fuqarolar orasidagi yo‘qotishlar haqida ma’lumotga ega emasmiz”, degan Qobuldagi evakuatsiya jarayonida logistika masalasiga javobgar Xenk Teylor.

Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi AQSH hujum haqida “Tolibon”ni ogohlantirmaganini qo‘shimcha qilgan.

O‘z navbatida, “Tolibon” vakili Zabihulla Mujohid AQSHning hujumiga munosabat bildirib, bu harakatni Afg‘oniston hududiga hujum, deb baholadi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH havo hujumi joriy yilning 26 avgust kuni Qobul aeroporti yaqinida sodir bo‘lgan teraktdan so‘ng uyushtirilgan, unda 13 nafar amerikalik harbiy halok bo‘lgandi. 

Shu bilan birga, Pentagon amalga oshirilgan operatsiya terakt ekani haqida ma’lumot bermagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon

Baholaganlar

886

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing