AQSHlik juftlik Registonga kelib, nikohdan o‘tdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 4 iyul kuni AQSH fuqarolari Marshall Mayer va Ebru Sanga Samarqand shahar Nikoh uyi tomonidan Registon maydonida nikohdan o‘tdi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, bundan bir necha yil avval, 4 iyul kuni juftlik AQSHda Brayton-Bichdagi o‘zbek restoranida ovqatlanadi. Suhbat chog‘ida ularning ikkisi ham o‘zbek milliy taomlarini sevib iste’mol qilishi ma’lum bo‘ladi. Shundan so‘ng, ular hayotidagi muhim sanani Samarqandda nishonlashga ahd qiladi.

Qayd etilishicha, Marshall avval ham Samarqandga kelgan, shahar tarixi va me’morchiligi unga yoqib qolgan. Shu sabab ham ular Registonni tanlagan. Ularning nazdida Samarqand abadiylikni aks ettiradigan mo‘’jizaviy shahardir.

Xabarda FHDYO sohasida xizmat ko‘rsatish tizimining soddalashtirilgani — birgina eksterritorial tamoyili, kompozit xizmatlar, FHDYO arxiv hujjatlarining raqamlashuvi fuqarolarga qulaylik tug‘dirayotgani va bu mamlakatga tashrif buyurayotgan xorijliklar uchun ham imkoniyat taqdim etayotgani qo‘shimcha qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Registon AQShlik juftlik

Baholaganlar

773

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing