AQSHga noqonuniy yo‘llar bilan ketgan 119 nafar o‘zbekistonlik ortga qaytarildi

Jamiyat

image

AQSHga turli yo‘llar bilan borgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi. Bu haqda UzReport telekanali xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, ularning ko‘pchiligi Meksika orqali Amerikaga o‘tgan. Biroq yo‘l mashaqqatlarini boshdan kechirib, okean ortiga ish izlab borganlarning hammasi ham o‘z orzusiga erishayotgani yo‘q. Jumladan, 2021 yilning oktyabridan 2023 yilning oktyabriga qadar AQSHda chegarani noqonuniy kesib o‘tishga uringan 13 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan.

Oyiga 10 ming-12 ming pul topishni maqsad qilib yo‘lga chiqqan, afsuski 2 yillik topgan-tutganini sarflab ortga qaytgan fuqarolardan birining aytishicha, Nikaraguadan Meksika orqali AQSH chegarasidan o‘tkazish uchun 5 ming dollar to‘lash kerak. Bu ham yetmagandek, yo‘lda xorij davlatlarining mahalliy huquq-tartibot idoralari xodimlariga ham 1,5-2 ming dollar pora berishga to‘g‘ri keladi.

Yana bir o‘zbekistonlik AQSHda oshpazlik qilish uchun borib, to‘rt oydan ko‘proq AQSH qamoqxonasida saqlanganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Meksika orqali AQSHga o‘tayotgan o‘zbekistonliklarga jazo kuchaytirilayotgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh o'zbekistonlik fuqaro UzReport

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing