AQSHga noqonuniy kirmoqchi bo‘lgan 4 o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Olam

image

Joriy yilning 7 may kuni AQSH Havo va dengiz operatsiyalari (AMO) xodimlari Viekes oroliga noqonuniy kirishga uringan to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda AQSH Bojxona va chegara xizmati (CBP) xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bo‘linma Viekes oroliga kirishga uringan 7 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan qayiqni tekshirgan. Uch nafar yo‘lovchi AQSH fuqarolari bo‘lgan. Qolgan to‘rt nafari, ya’ni uch erkak va bir ayol O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqqan.

O‘zbekiston fuqarolarining AQSHga kirishi yoki u yerda qolishi uchun hech qanday hujjati bo‘lmagan.

Qo‘riqlash xizmati xodimlari to‘rt nafar o‘zbekistonlikni immigratsiyani rasmiylashtirish va olib chiqib ketish uchun hibsga olgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kema AQSH Virjin orollaridagi Sen-Jon orolidan yo‘lga chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati O‘zbekistonga Toshkent Qo‘shma Shtatlardan deportatsiya qilingan muhojirlarni qabul qilishi uchun unga bir qator maxsus imtiyozlarni taklif qilgani haqida xabar berilgan edi. Tramp ma’muriyati uchinchi davlatlar fuqarolarini deportatsiya qilishda mamlakatlardan tranzit punktlari sifatida foydalanmoqchi. Xususan, O‘zbekiston bilan muzokaralar doirasida AQSH rasmiylari mamlakatdan deportatsiya qilinayotgan rossiyaliklar va belaruslar uchun tranzit punkti sifatida foydalanishga qaror qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Virjin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing