AQSHga ergashib: yana bir davlat Pekin Olimpiadasini boykot qilishi mumkin

Olam

image

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson Xitoydagi inson huquqlari vaziyatiga norozilik bildirish maqsadida Pekinda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi qishki Olimpiada o‘yinlariga diplomatik boykot e’lon qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “The Times” nashri xabar berdi.  

Ta’kidlanishicha, hukumatda Buyuk Britaniya 2022 yilgi Olimpiada o‘yinlariga diplomatik boykot e’lon qilishi mumkin bo‘lgan AQSHdan o‘rnak olishi yoki olmasligi haqida “faol muhokama” boshlangan. Qayd etilishicha, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Elizabet Trass bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi. 

2022 yilning 4-20 fevral kunlari Pekinda XXIV qishki Olimpiya o‘yinlari, 4-13 mart kunlari esa Paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. 

Eslatib o‘tamiz, AQSH ma’muriyati Pekin Olimpiadasini diplomatik boykot qilishni rejalashtirmoqda. Vashingtonda bu boradagi yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Britaniya Pekin

Baholaganlar

272

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing